
«Oq uyda bo'lib o'tgan UFC turniriga o'xshash tadbir boshqa hech qachon bo'lmaydi. O'sha oqshomning o'zidayoq kutganlarimiz juda yuqori edi va men bundan hayratda qoldim. Bu hayotimda sodir bo'lgan eng ulkan voqea. Uni bevosita o'sha erda turib tomosha qilish aql bovar qilmas darajada hayajonli edi», — deya Uaytning so'zlaridan iqtibos keltiradi FOX Sports Australia nashri.
Eslatib o'tamiz, UFC White House — Freedom 250 turnirining markaziy jangida amerikalik Jastin Getji ispaniyalik Iliya Topuriya bilan oktagonda to'qnash kelgan. Jangning to'rtinchi raundida Getji texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan.