SportUz.Tv

Islam Maxachev: "Dog'istonliklar hech qachon bir-biri bilan jang qilmaydi"

18.08.2026 16:00    


Rasmni yuklab olish

UFC`ning yarim o'rta vazn toifasidagi (77 kg gacha) chempioni Islam Maxachev dog'istonlik jangchilar amal qiladigan muhim qoida haqida gapirib berdi.

Islamning aytishicha, ular har qanday vaziyat bo'lishidan qati nazar, hech qachon bir-biriga qarshi jang qilmaydi.

"Yo'q, yo'q, albatta, biz hech qachon bir-birimiz bilan jang qilmaymiz. Ko'p yillar davomida birga shug'ullangan odam bilan qanday qilib jang qilishingiz mumkin? Masalan, ko'plab mashg'ulot lagerlarida CHanko [Magomed Zaynutdinov] Usman [Nurmagomedov]ning lageriga keladi, unga yordam beradi, yaxshi raundlar o'tkazadi. Usman esa o'z navbatida uning yig'inlariga borib, yordam beradi va yaxshi raundlar o'tkazadi. SHundan keyin qanday qilib bir-biringizga qarshi jang qilishingiz mumkin?

Xabib chempion bo'lganida, men u bilan hech qachon jang qilmasligimni darrov tushunganman. Bu shunchaki sodir bo'lishi mumkin emas edi. Men bu sport bilan shug'ullana boshlaganimda, Xabib birinchi kundanoq menga yordam bergan. Biz qanday qilib bir-birimiz bilan jang qilishimiz mumkin? Gap hatto do'stlikda ham emas, biz hammamiz aka-ukalarmiz. Klubdoshlarimiz uchun bir-biriga qarshi jang qilishning iloji yo'q", — dedi Maxachev Demetrius Jonsonga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: