
Turnirning asosiy jangida UFC yarim o'rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni Islam Maxachevga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan irlandiyalik Yen Machado Gerri divizion kuchli o'ntaligida ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Titul uchun navbatdagi eng ehtimoliy davogar hisoblangan Karlos Prates esa ro'yxatning birinchi pog'onasida qoldi.
Turnirning dastlabki kardida tashkilotdagi debyutant braziliyalik Eduardo Enrikeni "tvister" usuli bilan taslim etgan amerikalik CHarlz Jonson liganing eng engil vazn toifasi Top-15`taligiga kirdi va o'n to'rtinchi o'ringa joylashdi. Ramazon Temirov o'z vaqtida Jonsonni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Kanadalik Jullian Robertson UFC`ning birinchi eng engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Makkenzi Dern bilan jangda hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchradi. Natijada u reytingda to'rtinchi o'rindan beshinchi o'ringa tushib, xitoylik Syaonan Yan bilan o'rin almashdi.
