SportUz.Tv

Sexudo Maxachevni MMA tarixidagi eng buyuk jangchi deb hisoblamaydi

18.08.2026 17:54    


Rasmni yuklab olish

UFC`ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Genri Sexudo rossiyalik Islam Maxachevni aralash yakkakurashlar (MMA) tarixidagi eng buyuk sportchi deb atashga hali erta ekanligini aytdi.

"Maxachevni allaqachon barcha zamonlarning eng buyuk jangchisi deb atash biroz shoshma-shosharlik bo'ladi. Hozircha men bu maqomni Jon Jonsga beraman. Agar Islam yana ko'p yillar davomida jang qilishda davom etsa va o'zining eng yuqori darajasini ko'rsatsa, u bu maqomga davogarlik qilishi mumkin. Ammo men buni sodir bo'lishiga ishonmayman", — deya Sexudoning so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.

Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirining asosiy jangida Maxachev Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi. 34 yoshli rossiyalik uchun bu g'alaba yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamarini birinchi marta himoya qilishi bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: