SportUz.Tv

Entoni Joshua - Tayson Fyuri jangi qaerda va qachon o'tkazilishi aytildi

19.08.2026 14:21    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik sobiq jahon chempionlarining o'zaro jangi ko'pchilikda qiziqish uyg'otmoqda.

IBF, WBA, WBO va IBO yo'nalishlarida sobiq chempion Entoni Joshua vatandoshi, WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring, IBF kamarlarining sobiq egasi Tayson Fyuriga qarshi 20 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi muhtasham "Medison Skver Garden" arenada ringga ko'tariladi. Bu haqda Britaniyaning mashhur Daily Mail nashri xabar berdi.

Malumot uchun, Joshua 2013 yildan buyon professional darajada ringga chiqib kelmoqda. Uning hisobida 29 ta g'alaba (shundan 26 tasi muddatidan avval) va 4 ta mag'lubiyat bor. Yanvar oyi boshida Entonining amakisi jiyani bokschi sifatidagi faoliyatini yakunlaganini malum qilgandi.

Tayson Fyuri esa 37 yoshda. Britaniyalik bokschi professional faoliyati davomida 34 ta g'alaba (shundan 24 tasi nokaut bilan), 2 ta mag'lubiyat qayd etgan, yana bir jang esa durang bilan yakunlangan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: