SportUz.Tv

Murat Gassievning Baxodir Jalolov bilan jang bo'yicha poziciyasi malum bo'ldi

19.08.2026 16:15    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning super og'ir vazn toifasida WBA chempioni Murat Gassiev ehtimoliy raqiblarini aniqlab olgandi.

Ro'yxatdan amerikalik Jarrell Miller, britaniyalik Derek CHisora, o'zbekistonlik Baxodir Jalolov hamda germaniyalik Agit Kabayel o'rin olgandi. Boxing Scene nashrining malum qilishicha, Muratning bo'lajak raqibi aynan Jalolov bo'lishi mumkin.

«Gassiev tilga olgan uchinchi variant — ikki karra Olimpiada chempioni Baxodir Jalolov (17-0, 15 KO) bilan jang o'tkazish ehtimoli yuqori. Gassiev IBF reytingida 6, WBO reytingida 7-o'rinni egallab turgan, o'zbekistonlik chapaqay Jalolov bilan jang qilishi mumkin. Sobiq sovet boks maktabining eng kuchli ikki zarbadorini ringda to'qnashtirish mumkin», deyiladi Boxing Scene materialida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: