SportUz.Tv

"Bogdanda bosim bor edi". Mahmud Muradov Guskovning Ankalaev bilan jangi haqida gapirdi

19.08.2026 17:54    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Muradov Bogdan Guskovning Magomed Ankalaevga qarshi kechgan jangi haqida fikr bildirdi.

"Bogdan Guskovda bosim bor edi, u tavakkal qildi. Bu sportda albatta tavakkal qilmasangiz bo'lmaydi. 

UFC o'zi imkon bergan sportchilar uchun kelajakda yordam ham beradi. CHunki, Ankalaev bilan jang qiladigan boshqa sportchi yo'q edi. Kosta yo'q dedi - Ankalaevga qarshi jang uchun ko'p pul so'radi. U vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang so'radi. 

Bogdanda 1 avgustda Blaxovichga qarshi revansh jang bor edi. Yaxshi hamki, u tayyorgarlik ko'rayotgandi. Ankalaev bilan jangda Bogdanga ozgina etmadi. Unda stress bo'ldi deb o'ylayman. Unda hali barchasi oldinda. Ishonamanki, hali u o'zini ko'rsatadi. Bogdan Guskov ven eng ko'p muxlislik qiladigan sportchilarimdan biri hisoblanadi. 

Bogdan, Ramazon, Nursultonning barchasiga muxlisman. O'zbek sportchilariga omad tilayman", - dedi Mahmud Muradov olamsport.com saytiga bergan intervyusida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: