SportUz.Tv

Valentina SHevchenko UFC chempionlik kamaridan voz kechdi

06.09.2026 11:00    


Rasmni yuklab olish

UFC ayollar o'rtasida eng engil vazn (57 kg gacha) chempioni Valentina SHevchenko o'z kamarini vakant, yani egasiz qoldirdi.

Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq SHevchenko jarohat olgani va AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida bo'lib o'tadigan UFC 332 turnirida braziliyalik Nataliya Silvaga qarshi jangdan chetlashtirilgani malum bo'lgandi.

Qirg'izistonlik 38 yoshli Valentina SHevchenko aralash yakkakurashlar (MMA) bo'yicha professional faoliyatini 2003 yilda boshlagan, 2015 yildan buyon UFC`da ishtirok etib keladi.

U 2018 yilda UFC `ning ayollar o'rtasidagi eng engil vazn toifasida chempion bo'lgan va shundan so'ng etti marta chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Valentina tashkilot doirasida jami 15 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: