SportUz.Tv

Barrouz Moskvadagi g'alabasidan keyin Maxachevga "vyzov" tashladi

06.09.2026 11:30    


Rasmni yuklab olish

Erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni, olti karra jahon chempioni Jordan Barrouz RAF turniri doirasida o'zining ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

U Moskvada bo'lib o'tgan turnirda rossiyalik Magomed Kurbanalievni ishonchli tarzda mag'lub etdi. Uchinchi davrada amerikalik nomdor kurashchi hisobni 10:0 ko'rinishiga keltirib, texnik ustunlik evaziga g'alaba qozondi. 

SHundan so'ng u o'zining navbatdagi raqibi sifatida UFC`ning engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni va vazn toifasidan qati nazar dunyoning eng yaxshi jangchisi (P4P) Islam Maxachevni ko'rishni istashini malum qildi.

"Islam, qaerdasan? Men sening yurtingga, poytaxtingga keldim va sizlarning jahon chempioningizni muddatidan avval mag'lub etdim. Tez orada Rossiyaga qaytaman va gilamda kuch sinashishni chin dildan istaydigan yagona inson — bu Islam. Men qaytaman!", – dedi Barrouz.

Avvalroq Islam Maxachev hozircha faqat aralash yakkakurashlar (MMA) bilan band ekanligini va jiu-jitsu, greppling yoki kurash bo'yicha boshqa musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtirmayotganini aytgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: