SportUz.Tv

XX Osiyo o'yinlari. Xitoyning medallari 38 taga etdi, shundan 23 tasi oltin. O'zbekiston Top-10`da!

22.09.2026 07:24    


Rasmni yuklab olish

Yaponiyaning Nagoya shahri mezbonlik qilayotgan XX Osiyo o'yinlarining ikkinchi kungi bahslaridan so'ng kamida bitta medalga ega chiqqan davlatlar soni 29 taga etdi.

Xitoy Xalq Respublikasi terma jamoasi kutilganidek, medallar jamg'arish bo'yicha katta farq bilan oldinga chiqib oldi. CHin yurti vakillari kechaning o'zida 12 ta oltin medal qo'lga kiritishdi: 23 ta oltin, 10 ta kumush, 5 ta bronza, jami 38 ta medal!

Ikkinchi o'rindan joy olgan Yaponiya terma jamoasi hisobida 8 ta oltin, 12 ta kumush, 12 ta bronza medali bor. Kuchli uchlikni yakunlab turgan Koreya Respublikasi 5 ta oltin, 3 ta kumush, 15 ta bronza medaliga ega.  

Yon qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan 4-o'rinni band etgan. 

O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi hisobida hozircha bittadan oltin, kumush va bronza medali bor. Karatechimiz Abulvahob Rashidov kechagi kun dasturida O'zbekiston delegaciyasiga ilk oltin medalni taqdim etdi. Uning medali evaziga hozircha terma jamoamiz umumjamoa hisobida Myanmar bilan birgalikda 9-10-o'rinlarni bo'lishib turibdi. 

Qo'shnilarimizdan Qirg'iz Respublikasi 3 ta bronza medali bilan 20, Tojikiston esa 1 ta bronza medali bilan oxirgi o'rinda bormoqda. Uchinchi kun oldidan jami 29 davlat delegaciyalari kamida bitta medalga ega bo'lib turibdi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: