SportUz.Tv
iks
ads

Farid Basharat: "Kutdim, ammo bu sodir bo'lmadi"

16.10.2026 11:39    


Rasmni yuklab olish

Asli afg'onistonlik Britaniya vakili, engil vazn jangchisi Farid Basharat UFC rosteridan chiqarilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

U tashkilotdagi faoliyatini mag'lubiyatsiz rekord bilan yakunlaganini takidladi.

"Xabar tasdiqlandi: men endi UFC’da jang qilmayman. Tashkilotda juda muvaffaqiyatli davr o'tkazdim. Oktagonda erishganlarimdan faxrlanaman va natijalarimdan mamnunman", — deydi Basharat.

Jangchi o'z vazn toifasida UFC’dagi eng uzun amaldagi g'alabali seriyaga ega ekanini, umumiy hisobda esa bu ko'rsatkich tashkilotda to'rtinchi o'rinda turishini bildirdi. SHuningdek, u o'zini dunyoning eng yaxshi engil vazn jangchisi deb hisoblashini aytdi. Basharatning so'zlariga ko'ra, u jarohatlar va vazn bilan bog'liq muammolarga qaramay janglardan bosh tortmagan hamda titulga yaqinlashish uchun kuchli raqiblarni so'rab kelgan. U UFC’dan ketishi sport natijalari bilan bog'liq emas, deb hisoblaydi. Basharat tashkilot "avvalgidek emasligi" va boshqa yo'nalishda rivojlanayotganini takidladi.

Jangchi, shuningdek, so'nggi jangidan keyin unga yangi shartnoma yoki raqib taklif qilinmaganini malum qildi.

"So'nggi jangimdan keyin menga biror marta ham shartnoma yoki raqib taklif qilishmadi. Kutdim, ammo bu sodir bo'lmadi. UFC’dagi faoliyatim davomida hech qachon jangdan bosh tortmaganman", — deydi sportchi.

Basharat UFC xodimlari va muxlislariga minnatdorlik bildirib, hali yosh ekanini va faoliyatidagi eng yaxshi davr oldinda ekaniga ishonishini aytdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: