
Kanadalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Mayk Melott Edmonton shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 291 turnirining asosiy jangida amerikalik Xoakin Baklini mag'lub etib, divizion Meta-reytingining kuchli o'ntaligidan joy oldi.
Jang taqdiri ikkinchi raund o'rtalarida hal bo'ldi: Bakli hujumga o'tganida, Melott uni qarshi zarba bilan kutib oldi va tizza bilan jag'iga berilgan zarba evaziga nokautga uchratdi.
Reytingning sakkizinchi raqamli jangchisini mag'lub etgan 34 yoshli Mayk Melott ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va divizionning kuchli beshligidagi raqiblar bilan jang qilishga tayyorligini malum qildi.
Turnirning ikkinchi asosiy jangida kanadalik Jasmin Yasudavichus o'z vatandoshlarini xursand qildi. U uch raund yakuniga ko'ra amerikalik Erin Blenchfildni mag'lub etib, UFC`ning eng engil vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun asosiy davogarlardan biriga aylandi.
Kanadadagi turnirning qolgan o'n bitta jangida hakamlar qaroriga ehtiyoj qolmadi. Kristian Peres, Mark-Andre Barrio, Timoti Kuamba, Mandel Nallo, Tanner Boser, Nik Galanti, Joel Fagler, Ketlin Serminara, Stiven Koslou, CHelsi CHandler va Su Yang YU o'z janglari muddatidan oldin g'alaba qozonishdi.
UFC Fight Night 291 turnirining barcha natijalari:
Asosiy kard janglari
Mayk Melott Xoakin Baklini nokaut (tizzada zarba) qildi – 2-raund, 2:32
Jasmin Yasudavichus raqibasi Erin Blenchfildni hakamlarning yakdil qarori bilan engdi (29-28, 29-28, 29-28)
Kristian Peres Kayl Nelsonni nokautga (zarbalar) uchratdi – 1-raund, 0:27
Mark-Andre Barrio Kayl Dakasni texnik nokaut (tirsakda zarba) evaziga engdi – 1-raund, 4:28
Timoti Kuamba Luis Jurdeynni sabmishn (bo'yin) qildi – 2-raund, 2:48
Mandel Nallo Neyt Landverni texnik nokaut (oyoqda zarba) bilan yutdi – 2-raund, 0:47
Prelim kard janglari
Tanner Boser Jonata Dinizni texnik nokaut (zarbalar) evaziga taslim etdi – 3-raund, 4:26
Nik Galanti Jyulen Leblanni sabmishn (bo'yin) qildi – 1-raund, 1:26
Joel Fagler Javad Maxjubni texnik nokautga uchratdi (zarbalar) – 2-raund, 2:11
Ketlin Serminar raqibasi Makkenzi Stillerdan texnik nokaut (zarbalar) evaziga ustun keldi – 1-raund, 4:46
Stiven Koslou CHed Anxeligerni sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga yutdi – 3-raund, 4:31
CHelsi CHendler raqibasi Melissa Krodenni sabmishn (kimura) qildi – 1-raund, 4:52
Su Yang YU Kodi Xovansekni sabmishn (kimura) hisobiga mag'lubiyatga uchratdi – 3-raund, 4:19
