
UFC Fight Night 291 turnirining markaziy jangi ishtirokchisi, kanadalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Mayk Melott mahalliy muxlislarni xursand qilgan holda, ikkinchi raundda tizza bilan berilgan zarba evaziga amerikalik Xoakin Baklini muddatidan avval mag'lub etdi. SHu tariqa, u ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va yilning eng yaxshi nokautlaridan birining muallifiga aylandi.
SHuningdek, amerikalik Joel Faglier hamda kanadaliklar Mandel Nallo va Mark-Andre Barriolar o'z raqiblarini muddatidan avval taslim etib, "Kechaning eng yaxshi chiqishi" uchun 100 000 dollarlik bonuslarni qo'lga kiritishdi.
Bundan tashqari, tashkilot yana sakkiz nafar jangchiga muddatidan avvalgi g'alabalari uchun 25 000 dollardan qo'shimcha bonus to'lab berishiga to'g'ri keladi, chunki ular o'z janglarini hakamlar qaroriga qadar etkazishmadi. Bu ro'yxatdan Kristian Peres, Timoti Kuamba, Tanner Boser, Nik Galanti, Ketlin CHukagyan, Stiven Koslou, CHelsi CHendler va Su Yang YU joy olishdi.
