SportUz.Tv
iks
ads

SHakur Stivenson Zuffa Boxing’dan ketganini elon qildi

21.10.2026 14:18    


Rasmni yuklab olish

WBO talqinida birinchi yarim o'rta vazn chempioni SHakur Stivenson Zuffa Boxing’dan ketganini, erkin agent maqomini olganini va o'z promouterlik kompaniyasini tashkil etmoqchi ekanini malum qildi.

Stivenson bu haqda o'zining YouTube kanalida gapirdi.

"Men sakkiz hafta davomida mashg'ulot lagerida bo'lib, menga bo'lib o'tishi aytilgan janglarga tayyorlandim. Ammo oxir-oqibat ularning hech biri amalga oshmadi... Men rasman erkin agentga aylanyapman va o'z promouterlik kompaniyamni ishga tushiryapman", — dedi Stivenson.

SHakur so'nggi jangini 2026 yil yanvarida Teofimo Lopesga qarshi o'tkazgan. U mazkur bahsda hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g'alaba qozonib, birinchi yarim o'rta vaznda WBO chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.

Stivensonning professional boksdagi hisobida 25 ta g'alaba mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: