
18 oktyabrga o'tar kechasi Londonda o'tkazilgan jangda WBO kamari sohibi Daniel Dyubua Uordlini ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etdi.
«Menimcha, Uordli boksni tark etishi kerak. U yomon jang o'tkazdi. U juda ko'p pul ishlab topdi, mo'jiza yaratib, jahon chempioni bo'ldi. Endi faoliyatini yakunlab, hayotdan zavqlanishi kerak», — dedi Xrgovich DAZN’ga.
Xorvatiyalik bokschi Uordlining jang boshidanoq yaxshi ko'rinmaganini ham qayd etdi.
«Men taassurotlanmadim. Fabioga boshidanoq nimadir etishmayotgandek edi. Dyubua uchun bu oson ish bo'ldi. Uordli revanshga juda erta rozi bo'ldi. Birinchi jangda u jiddiy zarbalar qabul qilgan. Hamma ham Xrgovich bo'la olmaydi, hammaning ham jag'i betondek mustahkam emas», — deydi u.
Dyubua va Uordli o'rtasidagi ilk jang 2026 yil may oyida o'tkazilgan va Dyubuaning 11-raunddagi texnik nokaut bilan g'alabasi bilan yakunlangandi.