SportUz.Tv
iks
ads

UFC 333: Ramazon Temirov ishtirokidagi jang birinchi raundda yakunlandi

25.10.2026 00:30    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov Abu-Dabida o'tkazilayotgan UFC 333 turnirida oktagonga chiqdi.

Hamyurtimiz turnir doirasida britaniyalik Lone Kavana bilan bahs olib bordi.

O'ta engil vazn toifasidagi reyting jangi 1-raundda texnik nokaut bilan Kavana foydasiga yakunlandi.

Bu Temirovning professional MMA’dagi to'rtinchi mag'lubiyati bo'ldi. Uning hisobida 20 ta g'alaba ham bor.

Lone Kavana esa professional faoliyatidagi g'alabalari sonini 11 taga etkazdi.  Jang oldidan Ramazon UFC reytingida etti, Kavana esa oltinchi o'rinni egallab turgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: