
Oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda avstraliyalik amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski rossiyalik davogar Movsar Evloevga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Turnirning co-main event jangi ham chempionlik maqomida bo'ldi. O'ta engil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Pyotr Yan ushbu kamarning sobiq sohibi Merab Dvalishvilidan o'z kamarini himoya qildi. Bu trilogiya jangi bo'lib, hisob 2:1 ko'rinishiga keldi. 2023 yilning mart oyida Dvalishvili, 2025 yilning dekabrida esa Yan revanshda g'alaba qozongan edi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnirning ahamiyati jihatidan uchinchi muhim jangida hamyurtimiz Ramazon Temirov angliyalik Lone Kavanaga qarshi oktagonga chiqdi.
Ushbu sahifa orqali turnirda qayd etilayotgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.
UFC 333 turnirining barcha natijalari:
Yarim engil vazn: Aleksandr Volkanovski (chempion) – Movsar Evloev (# 1), (2-raundda KO-TKO);
O'ta engil vazn: Pyotr Yan (chempion) – Merab Dvalishvili (# 1), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Eng engil vazn: Lone Kavana (# 6) – Ramazan Temirov (# 10), (1-raundda KO-TKO);
Og'ir vazn: Aleksandr Volkov (# 2) – Rizvan Kuniev (# 7), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Yarim engil vazn: Aaron Piko (# 11) – Losen Keyta, (1-raundda KO-TKO).
Prelim kard:
Yarim og'ir vazn: Azamat Murzakanov (# 7) – Dominik Reyes (# 8), (1-raundda KO-TKO);
Yarim og'ir vazn: Nikita Krilov (# 15) – Abdul-Raxman Yahyoev, (1-raundda KO-TKO);
O'rta vazn: Abusupyan Magomedov (# 12) – Kemeron Rouston, (1-raundda KO-TKO);
Engil vazn toifasi: Grant Douson – Nurullo Aliev, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
O'ta engil vazn: Kolbi Tikness – Asaf CHopurov, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
O'rta vazn: Abubakar Vagaev – Jeykob Malkun, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Yarim engil vazn: Bolaji Oki – Daniel Santos, (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Engil vazn: Kodi Stil – Noa Gyunon, (1-raundda KO-TKO);
Ayollar minimal vazn: Yasmin Lusindo – Nikol Kalyari, (Hakamlarning yakdil qarori bilan).