SportUz.Tv

Pëtr Yan UFC`ning eng yaxshi uch jangchisi qatoriga kirdi

28.10.2026 19:30    


Rasmni yuklab olish

Vazn toifasidan qati nazar UFC`ning eng yaxshi jangchilari reytingi yangilandi.

Unda shanba oqshomida Merab Dvalishvili bilan bo'lib o'tgan trilogiyaning yakuniy jangida o'ta engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan Pëtr Yan, engil divizion chempioni Jastin Getjini uchinchi o'rindan surib, Top-3`talikka kirib oldi.

UFC`ning P4P (pound-for-pound) ro'yxatida Islam Maxachev etakchiligini, Aleksandr Volkanovski esa ikkinchi o'rinni saqlab qoldi. Aleks UFC 333 turnirining asosiy jangida yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini Movsar Evloevni muddatidan avval mag'lub etgani holda muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. 

Islam Maxachevning navbatdagi raqibi 30 yanvar kuni Torontodagi UFC 336 turnirida bo'lib o'tadigan yarim o'rta vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Karlos Prates va Maykl Morales o'rtasidagi jang g'olibi bo'ladi.

Avvalroq dunyoning eng kuchli ligasining meta-reytingi yangilangan edi, unga o'tgan haftada bo'lib o'tgan janglar sezilarli tasir ko'rsatgan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: