
Dunyoning eng kuchli ligasi matbuot xizmati tomonidan ushbu oqshomning asosiy jangi rasman elon qilindi. Engil vazn toifasi vakillari avstraliyalik Kuillan Salkild hamda francuz Benua Sen-Deni oktagonda o'zaro to'qnash keladi.
Mag'lubiyatsiz odimlayotgan 26 yoshli Kuillan Salkild UFC`da oltita g'alabali seriya bilan kelmoqda. U so'nggi ikki jangda Benil Dariushni texnik nokaut, Mateush Gamrotni esa ortdan bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan.
30 yoshli Benua Sen-Deni iyul oyida Peddi Pimblettga 52 soniyada bo'g'ish usuli bilan yutqazib, to'rtta muddatdan oldingi g'alabali seriyasini to'xtatdi. Ayni paytda Kuillan Salkild hamda Benua Sen-Deni mos ravishda UFC engil vazn toifasi meta-reytingida oltinchi va ettinchi o'rinlarni egallab turibdi.
