SportUz.Tv

UFC 337 turnirining asosiy jangi aytildi

28.10.2026 22:39    


Rasmni yuklab olish

2027 yilgi UFC mavsumining ilk raqamli turniri fevral oyida AQSHning Floridasida bo'lib o'tadi.

SHon Striklendning UFC bilan kelishmovchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Katta ehtimol bilan amerikalik o'rta vazn chempionlik kamarini franciyalik Nassurdin Imavovdan himoya qiladigan ko'rinadi. Ushbu titul jangi allaqachon rejalashtirilgan sanaga ega.

MMA Junkie nashri sport sharhlovchisi Mayk Bonning so'zlariga ko'ra, jang kelasi yilning fevral oyida Floridadagi UFC 337 turniri doirasida bo'lib o'tadi.

"Keyingisi Imavov bo'ladi. Men jang shartnomasi allaqachon imzolangan yoki imzolanish arafasida ekanligini eshitdim. Jang fevral oyida Floridada bo'lib o'tishi kerak. Menimcha, bu haqiqatan ham sodir bo'ladi", - dedi Bon o'z podkastining navbatdagi sonida hamkasbi Lyuk Tomas bilan suhbatda.

Tomas takidladiki, unga "o'xshash malumotlar etib kelgan".

SHon Striklend va Nassurdin Imavovning 12 dekabr kungi jangi Las-Vegasdagi UFC 335 turniriga boshchilik qilishi kutilgan edi, ammo bu rejalar chempionning tashkilot bilan moliyaviy kelishmovchiliklari tufayli buzilgandi. Bundan tashqari, avvalroq amerikalik bir necha bor Kanadada hech qachon jang qilmasligini aytgan edi, bu esa 30 yanvar kuni Torontoda bo'lib o'tadigan UFC 336 turnirida uning ishtirokini istisno qilgan edi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: