SportUz.Tv

Bahodir Jalolov IBA President's Cup turnirida ishtirok etadi(mi?)

30.10.2026 07:48    


Rasmni yuklab olish

Turkiyaning Istanbul shahrida 27 noyabr – 4 dekabr kunlari oralig'ida boks bo'yicha IBA President's Cup xalqaro turniri tashkil etiladi.

Musobaqa 12 ta vazn toifasida o'tkaziladi.

IBA President's Cup xalqaro turniri Umar Kremlyov boshchiligidagi IBA tomonidan yangi yo'lga qo'yilayotgan turnir hisoblanadi.

Qizig'i, musobaqa afishalaridan birida o'zbekistonlik ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Bahodir Jalolov ham o'rin oldi. Hozircha O'zbekiston boks federaciyasi yoki bokschining o'zi bu turnirda ishtirok etishi haqida malum qilmagan.

Takidlash joiz, IBA President's Cup g'olibi 100 ming, kumush medal sohibi 50 ming, uchinchi o'rin egasi esa 25 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puliga ega chiqadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: