
"Dana Uayt bilan shaxsiy uchrashuvimiz bo'lgan, lekin rostmana aytsam, uning barcha harakatlarining mohiyatini tushunmadim, chunki u o'zining barcha ko'rinishi bilan men unda jang qilishimni istayotgandek edi. Lekin undan oldingi jangda, men erkin bo'lganimda, ular men bilan shartnoma imzolamagan edi. Va har safar shunday bo'lardi: men erkin bo'lsam – men ularga qiziq emasman, men band bo'lsam – turli takliflar kela boshlaydi.
Agar siz shartnomada bo'lsangiz, siz bitim tuza olmaysiz, chunki ular sizga qarshi davo qo'zg'atishadi va sud ishlari davom etayotgan vaqtda, Amerikada siz jang qila olmaysiz, boisi taqiq ostida bo'lasiz. Tushunishimcha, ular shunchaki mening faoliyatimni bo'g'ib qo'ymoqchi edi. SHartnoma imzolashadi, ammo menga Strikeforce davo qo'zg'aydi va men na u erda, na bu erda jang qilmayman, mana shu xolos", – dedi "So'nggi imperator" "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.
SHuningdek, Emelyanenko dunyodagi eng kuchli liga rahbarini aralash yakkakurash industriyasining afsonasi deb hisoblamasligini bildirdi.
"Tadbirkorlar ham turlicha bo'ladi. Madaniyatli, pokiza bo'lgan insonlar borki, ularga hatto shartnoma tuzish ham shart emas – qo'l berib so'rashish kifoya. Ular o'z so'zining ustidan chiqadi. Hozir esa Dana har xil bemani gaplarni gapiradi – bir marta men bilan shartnoma imzolamoqchi edi. Yana bir marta buning aksi. Qaysidir payt shartnoma imzolamaganidan afsuslanadi, bir marta shartnoma imzolamaganidan xursand bo'ladi… Yani, inson gapiradi va hatto o'z so'zlari uchun javob bermaydi. SHuning uchun menga uning biznes yuritish usuli yaqin emas. Lekin kimdir uni afsona deb bilsa – ular uchun afsona bo'laversin", – deya qo'shimcha qildi Fyodor.

"Mening kamarimni olib qo'yishdi". CHimaev Strikland bilan jangdagi mag'lubiyatini yana tan olmadi
Bektemir yana kutadigan bo'ldi. Mungiya rasman rus bokschisiga qarshi jang o'tkazadi