
Amerikalik bokschi Edgar Berlanga Floridada ikki holat bo'yicha tan jarohati etkazishda ayblanib hibsga olindi.
Boxing Scene malumotiga ko'ra, aybi sudda isbotlansa, unga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. 29 yoshli bokschi 26 oktyabr kuni Leyklend policiyasi tomonidan qo'lga olingan. Ayblovlar 18 oktyabr kuni sodir bo'lgani aytilayotgan hodisa bilan bog'liq.
Tergov malumotlariga ko'ra, Berlanga og'irlashtiruvchi holatlarda og'ir tan jarohati etkazganlikda ayblanmoqda. Seshanba kuni o'tkazilgan sud majlisida uning garov puli 16 ming dollar etib belgilandi.
Ish bo'yicha dastlabki sud majlisi 17 noyabrga tayinlangan. Unda bokschi o'ziga qo'yilgan ayblovlarga nisbatan poziciyasini rasman bildirishi kutilmoqda. Berlangani aybdor deb topish yoki topmaslik masalasi sud tomonidan hal qilinadi.
Bokschi so'nggi jangini iyul oyida Nyu-Yorkda o'tkazilgan Zuffa Boxing 9 turnirining asosiy bahsida Stiven Batlerga qarshi o'tkazib, ettinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi.
"Sizni qon kutmoqda". Adesanya UFC’dagi navbatdagi jangi uchun shartnoma imzolaganini elon qildi