
Ahmadalievning aytishicha, Inoue kelasi yili yuqori vazn toifasiga ko'tarilishi kutilmoqda. Bunday holatda uning 55 kg vazn toifasidagi kamarlari vakant bo'lib qolishi mumkin.
"Biz u bilan yana to'qnash kelishimiz mumkin. Keyingi yili Inoue yuqori vaznga o'tishi kutilmoqda, u holda uning 55 kg vazndagi kamarlari bo'sh qoladi", — deydi Ahmadaliev sportuz.tv bosh muharriri Kamoliddin Alimov bilan suhbatda.
U avval o'z vazn toifasida chempionlik kamarlaridan birini qo'lga kiritib, keyin vaznini oshirgan holda Inoueni yana jangga chorlashni rejalashtirayotganini aytdi.
"Agar men o'sha kamarlardan birini qo'lga kiritib, o'z vaznimda chempion bo'lsam, keyin vazn oshirib Inoueni jangga chorlasam bo'ladi".
Ahmadaliev revansh imkoniyatidan foydalanish uchun bor kuchini ishga solishini takidladi.
"Menda hali imkoniyat bor va undan unumli foydalanish uchun bor kuchimni ishga solaman", deydi Murodjon.
Bokschilar o'rtasidagi ilk to'qnashuv 2025 yil sentyabr oyida Tokioda bo'lib o'tgandi. O'shanda Naoya Ahmadalievni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
"Sizni qon kutmoqda". Adesanya UFC’dagi navbatdagi jangi uchun shartnoma imzolaganini elon qildi