
Meliqo'ziev menejerlarining aytishicha, jang tashkilotchilari Saul Alvares va Turki Alalshayx WBA'ga murojaat qilib, Mungiya — Zon jangini chempionlik kamari uchun o'tkazishga ruxsat so'ragan. Bu haqda insayder Jalol Ahmedov malum qildi.
Takidlanishicha, WBA Alvares va Alalshayx bilan hamkorlikka putur etkazishni istamagan. SHu sabab tashkilot Meliqo'ziev jamoasiga ham muayyan shartlar asosida mazkur jangga rozilik berishni taklif qilgan.
Menejerlar Meliqo'ziev jamoasi rozi bo'lmagan taqdirda bir nechta ehtimoliy scenariy bo'lishi mumkinligini bildirgan. Jumladan, Mungiya — Zon jangi titulsiz o'tkazilishi, Mungiyaga "Super" chempion maqomi berilib, Meliqo'zievga "Regular" kamar uchun jang taklif qilinishi mumkinligi aytilgan.
SHu sharoitda Meliqo'ziev jamoasi jangga ruxsat berishga rozi bo'lgan. Buning evaziga esa yozma kafolat olingan: Mungiya — Zon jangining g'olibi keyingi jangini Bektemir Meliqo'zievga qarshi o'tkazishi kerak.
SHu tariqa, Meliqo'ziev majburiy davogar maqomini va WBA jahon chempionlik kamari uchun jang qilish huquqini saqlab qoldi.