SportUz.Tv

"Jangimiz tarixdagi eng buyuk to'qnashuvlardan biri bo'ladi". Devid Benavides Usik bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi

02.11.2026 19:12    


Rasmni yuklab olish

Birinchi og'ir vazn toifasida WBA va WBO kamarlari sohibi Devid Benavides ukrainalik Aleksandr Usikning boksdagi so'nggi raqibi sifatida uni tanlash ehtimoliga hurmat bilan munosabat bildirdi.

SHuningdek, u o'zaro janglari boks tarixidagi eng buyuk to'qnashuvlardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

"Usik meni boksdagi so'nggi raqibi sifatida ko'rib chiqayotganining o'zi men uchun katta sharaf. Bilasizmi, u ajoyib faoliyat olib bordi. Ammo men Usikni mag'lub eta olishimga ishonaman.

Men yuqori vaznga ko'tarilib, bu sinovdan o'tishga tayyorman. Bu o'zim uchun ham ulkan chaqiruv bo'ladi. Lekin, avval aytganimdek, o'zimga va mahoratimga 100 foiz ishonaman. SHuning uchun yo'limda kim uchramasin, jang qilishga tayyorman.

Men va Aleksandr Usik o'rtasidagi jang esa, ehtimol, barcha davrlarning eng buyuk boks to'qnashuvlaridan biri sifatida tarixga kiradi", — dedi Benavides DAZN telekanaliga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: