SportUz.Tv

Arman Carukyan Aleksandr Volkanovski bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi

02.11.2026 16:15    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Arman Carukyan Jastin Getji kamaridan voz kechib, faoliyatini yakunlasa, UFC’ning yarim engil vazn toifasidagi chempioni, avstraliyalik Aleksandr Volkanovski bilan bo'sh turgan engil vazn kamari uchun jang qilishga tayyorligini bildirdi.

"Men barcha raqiblarga qarshi jang qilishga tayyorman. Kim bo'lishining men uchun farqi yo'q. Eng muhimi, UFC chempionlik kamari uchun jang qilish.

Volkanovski meni parterda ushlab tura olmasligimni aytdimi? U Maxachev ham meni nokaut qila olmaydi, degan edi", — dedi Carukyan DAZN jurnalisti CHagatay Yavuzga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: