
Bu haqda irlandiyalik jangchi Saul "Kanelo" Alvares va Kristian Mbilli o'rtasidagi boks jangi yakunlariga izoh berar ekan, aytib o'tdi. Ushbu jangda meksikalik bokschi hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, WBC`ning ikkinchi yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini qaytarib olgandi.
"Kanelo jangi qancha ko'rildi? Arenada qancha tomoshabin bo'ldi? CHiptalar sotuvidan qancha daromad tushdi? Men bu odamlarning barchasidan sotuv bo'yicha ustunman. Hatto katta farq bilan. Ha, ularning HAR BIRIDAN! Osonlik bilan. Balki, hatto hammasini birga olganda ham. Va men hatto harakat ham qilmayapman!
Mening so'nggi jangim futbol bo'yicha jahon chempionatining yarim finali bilan bir vaqtda bo'lib o'tdi va hatto o'shanda ham men ushbu achinarli jangdan katta raqamlarni to'pladim, uning oqibatlari bilan men yana bir necha oy davomida shug'ullanishim kerak bo'ladi, keyin esa qaytib kelaman.
Lekin keyingi safar men jangni haqiqatan ham sotishga harakat qilaman. Mening so'nggi jangim. Qanday raqamlarni to'plashim mumkinligini ko'ramiz. Men o'z rekordlarimni yangilashda davom etaman", – deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqda.
Joriy yilning iyul oyida Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 329 turnirida Konor Makgregor besh yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan va Maks Xolloueyga qarshi jangning dastlabki soniyalarida tizzasidan jarohat olib, amerikalikka texnik nokaut bilan yutqazgan edi.
Irlandiyalikning dunyodagi eng kuchli liga bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha yana bir jangi qolgan va u allaqachon Maks Xollouey bilan principial trilogiyani kelgusi yil yozida yakunlamoqchi ekanligini malum qilgan.
