SportUz.Tv

Bogdan Guskov: "Maqsad - nokaut!"

04.11.2026 12:06    


Rasmni yuklab olish

Hamyurtimiz Bogdan Guskov elon qilingan navbatdagi jangiga o'z munosabatini bildirdi.

Aralash yakkakurash ustamiz 2027 yilning 7 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night Sidney turnirining co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangida avstraliyalik o'rta vazn toifasining sobiq chempioni Robert Uittakerga qarshi oktagonga ko'tariladi. Guskov bo'lajak jang haqida fikr bildirar ekan, muxlislarga yoqadigan tomosha ko'rsatishga vada berdi.

"Albatta, men tomoshabop jang namoyish etishga harakat qilaman. Ular meni tomoshabop janglarim uchun yaxshi ko'rishadi. Men raqibimni nokaut qilishga intilaman", - dedi Guskov Red Corner MMA nashriga bergan intervyusida.

"Robert - sobiq chempion! G'alaba yo'lida bir nechta kalitlar bor, lekin qaysi biri haqiqatan ham ish berishini oktagonda aniqlash kerak", - deya qo'shimcha qildi Bogdan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: