
Amerikalik jangchi Maxachevning kurash mahoratini yuqori baholab, ehtimoliy bahsni "AQSH — Rossiya" qarama-qarshiligi sifatida taqdim etish mumkinligini aytdi.
Kovingtonning fikricha, RAF tashkilotchilari bu g'oyani "Rokki" filmlaridagi Rokki Balboa va Ivan Drago qarama-qarshiligiga qiyoslab targ'ib qilishi mumkin.
"Men Islam bilan kurashish imkoniyatidan xursand bo'lardim. U juda kuchli kurashchi. Sambo erkin kurashdan farq qiladi, ammo u o'z yo'nalishida katta yutuqlarga erishgan", deydi Kovington Submisson Radio'ga bergan intervyusida.
14 noyabr kuni Abu-Dabida o'tadigan RAF turnirida Kovington Xamzat CHimaevga qarshi titul bahsida ishtirok etishi rejalashtirilgan.