
Hamyurtlarimizdan Bektemir Meliqo'ziev va Muhammad SHexov o'z vazn toifalarida birinchi o'rinni o'zlarida saqlab qolishdi. Engil vaznda Sirochbek Ismoilov, yarim engil vaznda Otabek Xolmatov reytingdan chiqarildi.
Bokschilarimizning WBA reytingidagi o'rni:
Muhammad SHexov (birinchi yarim engil vazn) - 1-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) - 3-o'rinda qoldi (chempion - Naoya Inoue);
Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) - 9-o'rinda edi, bu oy reytingdan chiqarildi (chempion - Floyd SHofild);
Sirochbek Ismoilov (engil vazn) - 13-o'rinda edi, bu oy reytingdan chiqarildi (chempion - vakant);
Ruslan Abdullaev (birinchi yarimo'rta vazn) - 13-o'rinda qoldi (chempion Gari Rassel)
SHahram G'iyosov (yarim o'rta vazn) - 8-o'rinda qoldi (chempion - Teofimo Lopes);
Isroil Madrimov (super yarim o'rta vazn) - 7-o'rinda qoldi (chempion - Jaron Ennis);
Bektemir Meliqo'ziev (super o'rta vazn) - 1-o'rinda qoldi (chempion - Jeymi Mungiya).