SportUz.Tv

Bugun Dana Uayt Donald Tramp bilan Oq uydagi lavozim haqida gaplashadi

09.11.2026 08:36    


Rasmni yuklab olish

UFC rahbari Dana Uayt AQSH Prezidenti Donald Trampning Oq uy matbuot kotibi lavozimiga bo'lgan taklifini jiddiy ko'rib chiqayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Jahonning eng kuchli ligasi rahbarining so'zlariga ko'ra, bugun, dushanba kuni u davlat rahbari bilan uchrashuv belgilagan, unda bu masala muhokama qilinadi.

"Dushanba kuni menda uchrashuv bor. Hozir Vashingtonga uchib ketyapman va bundan keyin gaplashishga arzigulik narsalar bo'lishiga ishonaman", — dedi Uayt Las-Vegasda bo'lib o'tgan Zuffa Boxing matbuot anjumanida.

Malumot uchun, Uayt va Trampning keyinchalik do'stona munosabatlarga aylangan ishbilarmon aloqalari 2001 yilda boshlangan. O'shanda bo'lajak AQSH Prezidenti UFC turnirlarini o'ziga tegishli kazinolarda o'tkazishga ruxsat bergan. Jahonning eng kuchli ligasi rahbari 2016, 2020 va 2024 yillardagi Prezidentlik saylovlarida Trampni ochiqchasiga qo'llab-quvvatlagan, barcha saylov kampaniyalarida uning yonida bo'lgan.

Joriy yilning iyun oyida Donald Tramp UFC`ga Oq uy hududida turnir o'tkazishga ruxsat bergan, bu uning 80 yillik yubileyi hamda Amerika mustaqillik kunini nishonlashga to'g'ri kelgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: