SportUz.Tv

"Qo'llar qichishyapti". Nurmagomedov jang o'tkazish istagini bildirdi

09.11.2026 10:39    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn (70 kg gacha) toifasida PFL chempioni, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Usman Nurmagomedov navbatdagi jangi haqida gapirdi.

"Oktagonni sog'inib qoldim. Qo'lim qichishyapti...", - deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Malumot uchun, dog'istonlik 28 yoshli Usman Nurmagomedov 2017 yilda professional aralash jang sanatlari ustasi sifatida debyut qilgan. 2021 yildan 2024 yilgacha Bellator musobaqalarida qatnashib, engil vazn toifasida chempion bo'lgan. 2025 yildan beri u PFL`da. Ushbu ligada u engil vazn toifasining amaldagi chempion hisoblanadi.

Avvalroq, menejer Rizvan Magomedov Usman Nurmagomedovning UFC bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida fikr bildirgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: