
Jahongir Zokirov 14 noyabr kuni Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadigan “Zuffa Boxing 13” turnirida ringga ko'tariladi. Unga o'sha kuni kanadalik Brendon Kolontonio raqiblik qiladi. Jang 6 raundga mo'ljallangan. Brendon prof ringda 10 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan.
Ar-Riyoddagi boks oqshomida yana bir hambrtimiz Rahmatullo Boymatov ham ringga chiqadi. U ganalik Moro Kanla bilan to'qnash keladi. Sakkiz raundlik jang yarim og'ir vazn toifasida tashkil etiladi. Kanla hisobida 10 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Yoshlar Olimpiadasi. Bokschimiz koreyalik raqibasini texnik nokautga uchratdi + FOTO