
"Sizlar bir guruh qo'rqoqsizlar va endi qilgan ishingiz uchun javob berasizlar. Sizlarni haqiqiy erkaklar deb atash mumkin emas. Bu qilmishingizni nima deyishni xalqni o'zi aytyapti", deb yozdi "El Matador" ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
"Olingan malumotlarga ko'ra, Usman o'zining yonida bo'lgan qo'rqoqlar bilan birga hibsga olingan. Bu kimki, kamtarlik va hurmatni targ'ib qilishga jurat etadi? Qanday sharmandalik. Haqiqiy qo'rqoqlar to'dasi.
Men sizlarni har doim o'rtamiyona jangchilar deb hisoblaganman. Endi siz so'nggi shubhalarni ham bartaraf etdingiz. Hurmat va kamtarlik - bu siz tomondan targ'ib qilinishi kerak bo'lgan so'zlar emas. Bular yashash kerak bo'lgan qadriyatlardir. Va siz ulardan birortasini ham ko'rsatmadingiz", deya qo'shimcha qildi ispan-gruzin jangchisi.
Eslatib o'tamiz, kecha Merab Dvalishvili Abu-Dabidagi mehmonxona kiraverishida intervyu berib turgan bir paytda Usman Nurmagomedov jamoadoshlari bilan kelib, hech narsadan yo'q gruziyalikni urib ketgandi. Keyinroq internetda hodisa videosi paydo bo'ldi, u Nurmagomedovning gruziyalikka bergan shapalog'i bilan boshlangan. Merabning yuzi qonga belangandi.

Ikkala bokschimiz ham IV Yoshlar Olimpiadasi finalida! Qozog'istonlik raqib mag'lub etildi