SportUz.Tv

Xamzat CHimaev: "Uch oydan beri kutaman - UFC’da meni nima kutayotganini bilmayman"

11.11.2026 18:39    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasidagi sobiq UFC chempioni Xamzat CHimaev oktagonga qaytishga tayyor, biroq dunyoning eng kuchli ligasi rahbariyati unga jang tayinlashga shoshilmayapti.

"Uch oycha kutdim. Eshitishimcha, Nasurdin Imavov va SHon Striklend jang qilishar ekan. Balki shu jang g'olibi bilan uchrasharman. Ochig'i, meni UFC’da nima kutayotganini bilmayman. Ularning rejalari haqida hech qanday tasavvurga ham ega emasman", - deya "Borz"ning gaplaridan iqtibos keltirgan The National Sport UAE nashri.

Bir kun avval malum bo'lishicha, 14 noyabr kuni Abu-Dabidagi turnirda Xamzat CHimaevga qarshi kruzerveytda RAF krossoveri kamarini himoya qilishi kerak bo'lgan Kolbi Kovington jarohat olib, tadbir ishtirokchilari safidan chiqib ketgandi. Endi rossiyalik sobiq UFC chempioni Kris Vaydmenga qarshi gilamga chiqadi. Ushbu bellashuv g'olibi yarim og'ir vazn toifasidagi RAF krossoveri chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.

Malumot uchun, Xamzat CHimaev joriy yilning may oyida SHon Striklendga qarshi jangda hakamlarning ayri qarori bilan yutqazib, UFC chempionligini boy bergandi. SHundan keyin u professional kurash ligasida ketma-ket to'rtta bellashuvni muddatidan oldin o'z foydasiga hal qildi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: