
Niderlandiyalik aralash yakkakurash ustasi navbatdagi jangini britaniyalik UFC sobiq jangchisi Jimi Manuvaga qarshi boks qoidalari bo'yicha o'tkazadi. Ularning to'qnashuvi 24 dekabr kuni Dubayda tashkil etiladigan MVP turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Alistar va Jimi o'rtasidagi jang olti raunddan iborat bo'lib, og'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Manuvaning aralash jang sanatlari bo'yicha rekordi 17 g'alaba (shundan 15 tasi nokaut) va 6 mag'lubiyatni tashkil etadi. U professional faoliyatini 2008 yilda boshlagan.
Overimning professional rekordida 47 g'alaba (shundan 25 tasi nokaut) va 19 mag'lubiyat bor. Alistar MMA`da professional sifatida 1999 yil oktyabr oyida debyut qilgan.
