SportUz.Tv

UFC’ning mag'lubiyatsiz jangchisi giyohvand moddalarni meyoridan ortiq istemol qilgani ortidan shifoxonaga yotqizildi

13.11.2026 19:57    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda TMZ portali xabar berdi.

UFC’ning engil vazn toifasidagi 28 yoshli mag'lubiyatsiz jangchisi, amerikalik Tommi Makmillen giyohvand moddalarni meyoridan ortiq istemol qilgani sababli shifoxonaga yotqizildi. 

Mavjud malumotlarga ko'ra, o'tgan yakshanba kuni Tommi Arizona shtatining Skotsdeyl shahridagi Cake tungi klubining hojatxonasida behush holda topilgan. Voqea joyiga etib kelgan policiyachilar Makmillenga tasodifiy dozani oshirib yuborishning oldini olish uchun birinchi yordam ko'rsatishdi va uni eng yaqin shifoxonaga olib ketishdi. Hozircha Tommining hayotiga hech qanday xavf yo'q.

Eslatib o'tamiz, amerikalik bokschining MMA’dagi rekordida 12 ta g'alaba, ulardan beshtasi nokaut bilan qo'lga kiritilgan va birorta ham mag'lubiyat yo'q.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: