
Nurmagomedov jamoasining Merabga hujum qilishiga Dvalishvilining yozda Gruziyada RAF turniri oldidan Umar Nurmagomedov haqida keskin fikr bildirgani sabab bo'lgan, deb hisoblanadi. O'shanda zalda bo'lgan Ahmad Merabning oldiga kelib, uni Umar haqida ortidan qo'pol gaplar aytgani uchun koyigan. Suhbat davomida Dvalishvili jahli chiqib, Gadjimagomedovning yuzidan ushlagan va unga zarba bergan.
"Biz hech kimga nisbatan ayblov qo'yishni istamaymiz va ularni ozod qilish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz. Bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz.
Gruziyada meni provokaciya qilishdi. U [Ahmad Gadjimagomedov] menga: “Men shu erda ekanman, Umar haqida gapirma. Men ketganimdan keyin u haqda gapirishing mumkin”, dedi. U menga rus tilida baqirdi. SHundan keyin provokaciyaga uchib, har qanday erkak qilishi mumkin bo'lganidek munosabat bildirdim.
Ammo keyin Gruziyada ekanimizni, barcha gruzin yigitlarim jang qilishni xohlayotganini tushunib etgach, bunday qilish mumkin emasligini aytdim. Keyin undan qo'l berib ko'rishishni xohlaydimi, deb so'radim. U rozi bo'ldi va biz qo'l berib ko'rishdik. SHu bilan hammasi tugadi.
Men Dog'istonni, ayniqsa, mehnatkash insonlarni yaxshi ko'raman. Bu Dog'iston va Gruziya o'rtasidagi qarama-qarshilik emas. Bu shunchaki sportchi jangchilar o'rtasidagi voqea edi", — dedi Dvalishvili Kris Uaydman bilan suhbatda.
Dvalishvili: "Men Dog'istonni yaxshi ko'raman, xech kimga nisbatan ayblov qo'yilishini istamayman"