
Bu haqda MMA Uncensored kanali xabar bermoqda.
Manba malumotlariga ko'ra, Nurmagomedov «Al-Vatba» qamoqxonasiga joylashtirilishi mumkin. U erda mahbuslar 4 nafardan 30 nafargacha odam bo'lishi mumkin bo'lgan umumiy kameralarda saqlanadi. Hojatxona va dushxonalar ham umumiy bo'lib, ovqat kuniga uch mahal beriladi.
Bundan tashqari, mahbuslarga shaxsiy telefon va internetdan foydalanish taqiqlangan. Telefon orqali suhbatlashish qatiy cheklangan, ochiq havoda bo'lish vaqti esa sezilarli darajada qisqartirilishi mumkin. SHu bilan birga, muassasada televizorlar va bo'sh vaqtni o'tkazish uchun oddiy sharoitlar mavjud.
«Al-Vatba» qamoqxonasi (Al Wathba Central Prison) — Abu-Dabi amirligining asosiy va eng yirik jazoni ijro etish muassasasi hisoblanadi. U shu nomdagi Al-Vatba hududida, shahar markazidan janubi-sharq tomon taxminan 40–50 kilometr masofada joylashgan.
WBC rossiyalik bokschilarni reytinglar va chempionlik janglaridan chetlatish qarorini tasdiqladi