
SHuningdek, u 2021 yilda Ekaterinburgda Umar Salamovga qarshi jang qilganidan buyon RCC Boxing promouterlik kompaniyasi qanday o'zgargani haqida fikr bildirdi.
"Besh yil davomida xorijda boks tushganimdan keyin Rossiyaga qaytib, albatta, ulkan qo'llab-quvvatlashni his qildim. Bu qo'llab-quvvatlash bir necha barobarga oshgan. Kompaniyaning [RCC Boxing] ko'lami va sifatini, tadbirlarni qanday tashkil etishini, tarozi marosimini qanday o'tkazishini, jangning o'zi qanday tashkil qilinishini, butun promoushen hozir qanday ishlayotganini ko'rdim. Besh yil ichida ko'p narsa o'zgaribdi va bu o'zgarishlar ijobiy tomonga.
Rossiyada boks tushishning AQSH, Saudiya Arabistoni yoki boshqa joylardagi janglardan asosiy farqi, albatta, meni qo'llab-quvvatlaydigan muxlislarning juda ko'pligida. Rus tilida muloqot qilish ham osonroq, bu juda iliq va yoqimli!" — dedi Bivol.
WBC rossiyalik bokschilarni reytinglar va chempionlik janglaridan chetlatish qarorini tasdiqladi