
PFL Returns to Dubai oqshomining asosiy jangi kutilmagan natija bilan yakuniga etdi. Rossiyalik og'ir vazn toifasi vakillari ishtirokida kechgan chempionlik jangida 10 yil davomida yutqazmay kelgan Vadim Nemkov davogar vatandoshi Sergey Bilostenniyga hakamlarning yakdil qarori (46-49, 47-48, 47-48) bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa, Sergey Bilostenniy PFLning yangi chempioniga aylandi. Sergey 2015 yilning iyun oyida professional faoliyatini boshlagan. Hozirda Bilostenniyning professional rekordi 16 ta g'alabani o'z ichiga oladi, ulardan 10 tasi nokaut orqali erishilgan, hisobida to'rtta mag'lubiyat bor.
So'nggi bor Nemkov 2016 yilning aprel oyida mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. O'shanda u Yaponiyaning Saytama shahrida o'tgan RIZIN FF 1 turnirida shveciyalik Karl Albrektssonga imkoniyatni boy bergan edi. Kechagisi bilan qo'shib hisoblaganda Vadimning MMA faoliyatidagi mag'lubiyatlari 3 taga etdi. Uning professional rekordida hozirda 20 ta g'alaba, uchta mag'lubiyat bor, yana bitta jang bekor qilingan. U Bellatorning yarimog'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni va jangovar sambo bo'yicha besh karra Rossiya chempioni hisoblanadi. Vadim Rayan Beyder, Kori Anderson, Yoel Romero, Fil Devis va boshqa ko'plab nomdor jangchilarni mag'lub etgan.

Dvalishvili: "Men Dog'istonni yaxshi ko'raman, xech kimga nisbatan ayblov qo'yilishini istamayman"