SportUz.Tv

UFC 334. Muradovning sobiq raqibi Kayo Borralo 19-g'alabasini tantana qildi

15.11.2026 09:42    


Rasmni yuklab olish

Ayni daqiqalarda AQSHning Nyu-York shahrida "Medison Skver Garden" arenasida raqamli UFC 334 turniri bo'lib o'tmoqda.

Asosiy karddan o'rin olgan jangda o'rta vazn toifasi vakillari braziliyalik Kayo Borralo hamda Niderlandiya vakili Yusri Belgarui o'zaro to'qnash keldi. To'liq uch raund davom etgan jangda Borralo hakamlarning yakdil qarori evaziga g'alaba qozondi. 

SHu tariqa, Kayo Borralo faoliyatidagi 19-g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisobida 2 ta mag'lubiyat hamda natijasiz bitta jang bor. Belgarui esa bugun professional faoliyatidagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari 11 taligicha qoldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: