
Oqshomning asosiy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazildi va unda divizion chempioni franciyalik Siril Gan amerikalik davogar Josh Xokitga qarshi oktagonga ko'tarildi. Gann UFC Freedom 250 turnirida braziliyalik Aleks Pereyrani mag'lub etganidan so'ng ushbu kamarning to'laqonli egasiga aylangandi. Ilk chempionlik himoya jangida u Xokitni hakamlarning yakdil (48-47, 48-47, 48-47) qarori evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu Josh uchun professional MMA faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi.
Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi ayollar UFC engil vazn toifasi chempioni Kayla Xarrison hamda ushbu kamarning sobiq sohibasi, ikki vaznda sobiq UFC chempioni, to'rt yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan braziliyalik Amanda Nunes o'rtasida kechdi. Aslida ushbu jang shu yilning yanvar oyida tashkil etilgan UFC 324 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Ammo o'shanda Xarrison umurtqa pog'onasidagi churrak sabab safdan chiqqandi. Bugun u nomdor raqibasini to'rtinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi.
Bugungi turnirda Terrens MakKinni, Sezar Almeyda va Beatris Meskita o'z janglarini muddatidan avval g'alaba bilan yakunlashdi.
UFC 334 turnirining barcha natijalari:
Asosiy kard janglari
Siril Gan Josh Xokitni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (48-47, 48-47, 48-47)
Kayla Xarrison raqibasi Amanda Nunesni sabmishn (ortdan bo'g'ish) – 4-raund, 1:29
Kayo Borralo Yusri Belgaruini ochkolar hisobi bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27)
Kevin Xolland va Urosh Medich jangida durang natija qayd etildi (29-27, 28-28, 28-28)
Luis Gurule Bilal Xasanni hakamlarning ayri qarori evaziga engdi (28-29, 29-28, 29-28)
Prelim kard janglari
Stiven Tompson CHarlz Radtkeni texnik nokautga uchratdi (oyoqda zarba) – 3-raund, 2:54
Kris Dunkan Dryu Doberni hakamlar qaroriga ko'ra yutdi (29-28, 30-27, 30-27)
Terrens MakKinni Jim Millerni texnik nokaut evaziga taslim etdi (zarbalar) – 1-raund, 1:53
Sezar Almeyda Donte Jonsonni texnik nokaut bilan mag'lub etdi (zarbalar) – 1-raund, 3:20
Erta prelim kard janglari
Melkizael Kosta Jared Gordonni hakamlarning qarori evaziga mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)
Beatris Meskita raqibasi Meysi CHiassonni sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga yutdi – 1-raund, 3:23
Xuan Dias Xeyli Alatengani hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (30-27, 30-27, 30-27)
Evan Elder Samuel Sanchesni ochkolar bo'yicha zafar quchdi (30-26, 30-26, 30-26)

MMA jamoatchiligining Xarrison - Nunes jangiga munosabati: "Tarixdagi eng yomon reja"