
Jamoatchilik ikkiga bo'lindi: bir tomon engil vazn toifasidagi chempionlikni himoya qilgan amerikalikning mahoratini tan olsa, ikkinchi taraf braziliyalikning ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni bo'lgan dzyudochi bilan parterda kurashishga qaror qilganidan hayratda qoldi. Natijada, to'rtinchi raundda orqadan bo'g'ish orqali mag'lub bo'ldi.
Mett Braun: "Amanda bu jangda o'zi yutqazdi. Tarixdagi eng yomon jangovar reja".
Billi Kuarantillo: "Menimcha, Amanda Nunes bu jangdagi g'alabani o'zi qo'ldan boy berdi".
Mayron Santos: "Jiddiy aytaman, so'zim yo'q. Nega, Amanda, nega?"
Valentina SHevchenko: "Tabriklayman, Kayla! Ajoyib jang, to'g'ri taktika! UFC 334`ning haqiqiy asosiy voqeasi!"
Genri Sexudo: "Men sizlarga Kayla sabmishn orqali g'alaba qozonishini aytgan edim!"
Kodi Dyorden: "Kayla, shubhasiz, tarixdagi eng buyuk jangchi!"
Dastin Jeykobi: "Bu chinakam jang bo'ldi! Ikkala qiz ham bor kuchini sarfladi va g'alaba qozonish uchun ulkan iroda ko'rsatdi! Sizlarga, xonimlar, tazim qilaman! Erkakmi yo ayolmi, Kayla Xarrison eng bardoshli jangchilardan biri! Tazim, chempion!"
Azamat Bekoev: "Kayla — temir xonim!"
Kris Kiborg: "Tabriklayman, Kayla! Agar yarim engil vaznda "raqs"ga tushish uchun raqib qidirayotgan bo'lsang, men o'shaman!"
Brett Okamoto (ESPN): "Bu jangni shunchalik uzoq kutdik, natijada Amanda Nunes o'zning asosiy ustunliklaridan o'zini mahrum qilganini ko'rdik. Albatta, Kayla Xarrisonga tashakkur bildirish kerak, lekin men boshqacha jangni ko'rishni juda xohlardim".
Aaron Bronsteter (Sportsnet): "Xarrison Nunesning navbatdagi xatosidan foydalanib, uning bo'yin sohasini egallab oldi va nomdor raqibasini taslim etdi. U engil vazn toifasidagi mutlaq chempion bo'lib qoldi. Bugun Xarrison haqiqiy yirtqich bo'ldi. U yaxshiroq ekanligini isbotladi va ulkan jangchilik intellekti va bardoshlilikni namoyish etdi".
Denni Segura (MMA Junkie): "Kayla Xarrison Amanda Nunesni taslim bo'lishga majburladi va UFC kamarini himoya qildi. Xarrison hech narsaga rozi emas, faqat oldinga intiladi. Sizlar oldingizda eng yuqori darajadagi g'olib turibdi. U 2018 yilda MMAda chiqishlarni boshlaganidan beri shu lahza haqida gapirib kelgan".
Deniel Rubinshteyn: "Agar mutlaqo eng yomon jangchilik intellekti haqida gapiradigan bo'lsak, mana u. Aqlbovar qilmas reja. U o'ziga-o'zi murabbiy sifatida rejani puxta tuzdi va bu unga g'alaba keltirdi".

MMA jamoatchiligining Xarrison - Nunes jangiga munosabati: "Tarixdagi eng yomon reja"