
Asosiy jang ishtirokchilari, ikkisi bir bo'lib jami 400 ta aniq zarba bergan og'ir vazn toifasi vakillari - chempion Siril Gan hamda davogar Josh Xokit "Kechaning eng yaxshi jangi" uchun qo'shimcha 100 000 dollardan bonus, yani mukofot puliga ega chiqdi.
Amerikalik jangchi o'zining temp va zarbani qabul qilish qobiliyati bilan francuzga ko'p muammolar tug'dirgan bo'lsa-da, chempion o'zini qo'lga olib, hal qiluvchi beshinchi raundni o'z foydasiga hal qildi va hakamlarning yakdil qarori (48-47, 48-47, 48-47) bilan g'alaba qozondi. Xokit faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini aynan bugun Gandan qabul qilib oldi.
Ayollar o'rtasida engil vazn toifasi chempioni Kayla Xarrisson, turnirning ikkinchi muhim jangida ikki vaznda sobiq chempion Amanda Nunesni to'rtinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. Bu bilan u ham 100 ming dollarlik bonusga ega bo'ldi. To'rtinchi 100 000 dollarlik chek amerikalik Stiven Tompsonga nasib etdi. U uchinchi raundda aylanma zarbasi bilan CHarlz Radtkni nokautga uchratdi va faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Muddatidan oldin g'alaba qozongan Sezar Almeyda va Beatris Meskuita 25 000 dollardan qo'shimcha mukofot oldilar. Jim Millerni texnik nokaut bilan mag'lub etgan Terrens MakKinni esa vazn o'lchovidan o'ta olmagani sababli bonusdan mahrum bo'ldi.


MMA jamoatchiligining Xarrison - Nunes jangiga munosabati: "Tarixdagi eng yomon reja"