
Bu Alash Pride ligasining hisob bo'yicha 136, Mangu ligasining esa 6-turniri bo'ladi. Ushbu oqshomda o'zbekistonlik pop-MMA jangchisi Odilxon Kamolovning ham oktagonga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Turnirga uch kun qolgan bir paytda Odilxonning raqibi o'zgardi. Kamalov qozog'istonlik Anton Samburskiga qarshi jang qiladi. Aslida hamyurtimiz rossiyalik Mixail Cigankovga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
