
Yair Rodriges va Stiv Garsiya o'rtasida yarimog'ir vazn toifasidagi jang 16 yanvar kuni Dallasda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 296 turnirining asosiy jangiga aylandi. Bu haqda dunyoning eng kuchli ligasi matbuot xizmati rasman malum qildi.
Joriy yilning iyun oyida AQSH sharafini himoya qilayotgan 34 yoshli Stiv Garsiya ettita g'alabali seriyasini yakunlagandi. "Oq uy"dagi bayram turnirida u ikkinchi raundda Diego Lopesga texnik nokaut evaziga yutqazgan edi.
Meksikalik 34 yoshli Yair Rodriges o'tgan yilning aprel oyidan buyon oktagonga chiqmagan. O'shanda u Patrisio Freyreni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, ikkita muddatdan oldingi mag'lubiyatlar seriyasini yakunlagan edi.
