
Yakkakurash ustalari jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirishdi. Oxirgi beshinchi raund oldidan hisob 2:2 ko'rinishida bo'lib turgandi. So'nggi hal qiluvchi raundda franciyalik og'ir vazn vakili aniqroq harakat qilgandek ko'rindi. Hakamlarning yakdil qarori (48-47, 48-47, 48-47) bilan zafar quchgan Gan chempionlik kamarini muvaffaqqiyatli himoya qildi.
Paulo Kosta: "Men hozir nimani ko'rdim? Bu ikkisi 25 daqiqa davomida bir-birini o'ldirishga urindi. Aqlbovar qilmas jang. SHunchaki hurmat!"
Frensis Ngannu: "Zo'r jang bo'ldi! Tabriklayman, Bon Gamin!"
Jonni Uoker: "Ikkalasi ham yomon! Lekin men ularning ikkisini ham mag'lub etaman! Hatto bir vaqtning o'zida! CHempion qanday qilib besh raund davomida orqaga tisarilib, o'z kamarini himoya qiladi? Bu nima ahmoqlik!"
Merab Dvalishvili: "Bu men ko'rgan UFC`ning eng yaxshi og'ir vazn jangi!"
Derek Branson: "Bu og'ir vaznning kelajagi – ajoyib formada bo'lgan va jang qila oladigan ikki og'ir vazn jangchisi. Semiz og'ir vazn jangchilariga xayr! Xokitga hurmat. Ajoyib chiqish!"
Billi Kuarantillo: "Xokit bir nechta kuchli zarbalarga dosh berdi va bu jangni ko'rimli qildi. Albatta, u menga yoqa boshladi"
Genri Sexudo: "Josh Xokit – og'ir vazn uchun kerak bo'lgan narsa!"
Mett Braun: "Xokit o'ziga kerak bo'lgan ishni qilyapti! Sizlar nima desangiz ham, menga farqi yo'q. Men Josh Xokitni yaxshi ko'raman!"
Alan Joben: "Hech qachon og'ir vazn jangchisi Xokitdek tezlikda jang qilmagan. Aqlbovar qilmas bosim va tezlik"
Josh Emmett: "Medison Skver Garden"dagi kechaning markaziy jangida haqiqiy urush!"
Tatyana Suares: "Mana bu haqiqiy jang!"
Stiven Asplund: "Kechaning markaziy jangi qanday ajoyib bo'ldi!"
Jon Jons: "Bilaman, bu eng aqlbovar qilmas tasodif, lekin men haqimda yomon gapirgan har bir jangchi keyingi jangida mag'lub bo'ladi. Qasam ichaman, bu ko'p yillardan beri shunday bo'lib kelyapti. Ajabo. Zo'r ish, francuz! O'sha murabbiylar, lekin natijalar boshqacha".
CHisanga Malata: "Siril Ganga katta hurmat. Birinchi raundlarda uning ishi bitib bo'ldi deb o'ylagandim, lekin u jangdan qayta oldi".
Mayk Bon: "So'nggi 15 yil ichida ko'pgina kletkadagi janglarni ko'rganman va Ganning Xokitga qarshi jangi eng yaxshilaridan biri. Aql bovar qilmaydigan tomosha. Ikkita bukilmas jangchi. Siril Gan UFC 334 turnirida o'z unvonini himoya qildi. Josh Xokitning tempiga chidab berishi aql bovar qilmaydi, lekin hal qiluvchi paytlarda u yaxshi ish qildi. Juda yaqin jang bo'ldi va men ularning revanshini ko'rishdan mamnun bo'lardim".
Aaron Bronsteter: "Menda Xokit foydasiga 48-47 hisobida. Juda yaqin jang bo'ldi, unda har birining g'alaba qozonish imkoniyati bor edi. O'ylashimcha, birinchi va beshinchi raundlar hal qiluvchi bo'ldi. Mutlaqo aqlsiz jang".
Ben Foulks: "Og'ir vazn toifasidagi besh raundlik jangni chindan ham aql bovar qilmaydigan darajada qiziqarli tomosha qilish kamdan-kam uchraydigan holat. Lekin men g'alabani Ganga bergan bo'lardim".
