
U bilan bo'lgan mojaro gruziyalik jangchining Abu-Dabida Usman Nurmagomedovning jamoasi bilan to'qnashuviga sabab bo'lgan edi.
"Axmed, biz ikkimiz ham voqeadan keyin nima bo'lganini bilamiz – qo'l berib ko'rishgandik va shu bilan tugagandi. Lekin keyin video tarqaldi, unda sening oilangni haqorat qilganimni ikkimiz ham ko'rdik. Men shu uchungina uzr so'ramoqchiman. Bunday niyatim yo'q edi. Sen menga yaqinlashib, qo'limdan tutib, boshqa tilda baqira boshlaganingda, kim ekaningni ham bilmasdim. Biz bu voqeaga nuqta qo'yishimiz kerak. Bizning ko'p umumiy do'stlarimiz bor. Agar uchrashmoqchi bo'lsang, menga to'g'ridan-to'g'ri yoz", — deb yozdi Dvalishvili ijtimoiy tarmoqda rossiyalikka murojaat qilib.
O'tgan hafta Merab Dvalishvili va Usman Nurmagomedovning mehmonxona xollidagi uchrashuvi jamoalar o'rtasida ommaviy mushtlashuv bilan yakunlangandi, unda ishtirok etgan barcha Abu-Dabi policiyasi tomonidan hibsga olingan edi.
Janjalning boshlanishida aybdor deb topilgan Rossiya jamoasining olti nafar vakili olti oydan qamoq jazosiga hukm qilindi, Dvalishvili va uning do'sti Saba Lazishvili esa jarima to'lash bilan qutulib qolishdi.
